“Kitoblar karvoni” Muzrabotda

Date:

Mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar o‘rtasida mutolaa muhitini keng targ‘ib etish hamda ta’lim muassasalarini zamonaviy adabiyotlar bilan ta’minlashga qaratilgan tashabbuslar izchil amalga oshirilmoqda. Ushbu ezgu tashabbus doirasida Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tashabbusi bilan tumandagi axborot-kutubxona markazida “Kitoblar karvoni” tadbiri tashkil etildi.

Xususan, “Yosh kitobxon” tanlovining hududiy bosqichida faol ishtirok etib, saralangan muzrabotlik 10 nafar yosh kitobxon tahsil olayotgan umumta’lim maktablariga “Kitoblar karvoni” doirasida badiiy, ilmiy-ommabop hamda sohaviy adabiyotlardan iborat 10 mingga yaqin kitoblar jamlanmasi yetkazib berildi.

Mazkur tashabbus yosh avlodning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda tafakkur doirasini kengaytirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun