Iftorlik tadbirlari o‘tkazilmoqda

Date:

Xayr-barokat oyi – muborak Ramazonning ilk kunidan boshlab Termiz shahri va tumanlarda “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” shiori ostida keng ko‘lamli xayrli tadbirlar tashkil etilmoqda. Ushbu tashabbus doirasida kam ta’minlangan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar xonadonida nuroniy otaxon va onaxonlar hamda ro‘zadorlar ishtirokida iftorliklar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, kecha Termiz shahridagi oilalarning birida tashkil etilgan iftorlik dasturxonida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, viloyat bosh imom-xatibi va mahalla faollari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Qur’oni karim tilovat qilinib, ehsonlar ulashildi. Yakunda yurtimizda tinchlik va osoyishtalik barqaror bo‘lishi, Vatanimiz obodligi, xalqimiz farovonligi va xonadonlar fayz-u barakasi uchun duolar qilindi.

Viloyat bo‘ylab bunday savobli tadbirlar Ramazon oyi yakuniga qadar davom ettiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun