Murosasiz bahslarda…

Date:

O‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha ilk bor tashkil etilgan “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining viloyat bosqichi yakuniga yetdi. Shahar va tumanlardan saralangan eng kuchli jamoalar o‘rtasida kechgan bahslar murosasiz va qiziqarli ruhda o‘tdi. Bellashuvlar davomida ishtirokchi qizlar sport mahorati, jamoaviy hamjihatlik va g‘alabaga bo‘lgan kuchli ishtiyoqini namoyon etdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 2-o‘rin — Boysun tumani 30-maktab, 1-o‘rin — Qumqo‘rg‘on tumani 42-maktab jamoasiga nasib etdi. 1- va 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar musobaqaning keyingi — respublika bosqichida Surxondaryo viloyati sha’nini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdilar. Mazkur musobaqa o‘quvchi-qizlar o‘rtasida futbolni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda iqtidorli sportchilarni kashf etishda muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun