“Oqarbuloq”da turar joylar, “Qoratepa”da “Eko bozor” qurilmoqda

Date:

Aholini zamonaviy, qulay turar joylar bilan ta’minlash, hududlarning shaharsozlik qiyofasini yaxshilash hamda infratuzilmani izchil rivojlantirish borasidagi ishlar Oltinsoy tumanida doimiy e’tiborda. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tumanga tashrifi davomida ushbu yo‘nalishdagi loyihalar ijrosi bilan tanishdi.

Dastlab, “Oqarbuloq” mahallasida 7 qavatli 14 ta turar joydan iborat majmua qurilishi doirasida olib borilayotgan yer ishlari ko‘zdan kechirildi. Qurilish jarayonlari, bajarilayotgan ishlar va obyektni foydalanishga topshirish muddatlari yuzasidan mas’ullar axborot berdi. Turar joy majmuasini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan to‘liq ta’minlash va qurilish sifati ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng, “Qoratepa” mahallasida barpo etilayotgan “Eko bozor” qurilishi bilan tanishilib, loyihani jadallashtirish va obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish vazifalari belgilandi. Bundan tashqari, tumanda rejalashtirilayotgan podstansiya, oqava suv tarmoqlari, Xo‘jayipok va Vaxshivor turizm obyektlari, avtoturargoh va savdo nuqtalari hamda renovatsiya dasturi doirasida 5 qavatli turar joylar qurish loyihalarining taqdimoti ko‘rib chiqildi.

Viloyat hokimi har bir loyiha yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirib, ularni takomillashtirish hamda aholi turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qiladigan loyihalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Oqarbuloq”da turar joylar, “Qoratepa”da “Eko bozor” qurilmoqda

Aholini zamonaviy, qulay turar joylar bilan ta’minlash, hududlarning shaharsozlik...

Loyihalar jadallashtirilsa…

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Oltinsoy tumaniga tashrifi davomida...

Bilim va iqtidor tantanasi

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti tomonidan o‘tkazilgan AIFU matematika...

Tozalik nazorat ostida

Sariosiyo tumanida atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik huquqbuzarliklarning oldini...
KunTun
KunTun