Loyihalar jadallashtirilsa…

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Oltinsoy tumaniga tashrifi davomida tadbirkorlik loyihalari ijrosi, yangi tashabbuslar hamda hududda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

Tashrif chog‘ida Bibizaynab mahallasida “Stroy market servis” MCHJ tomonidan bo‘sh bino negizida barpo etilayotgan savdo va maishiy xizmat majmuasi, “Ipoq” mahallasida esa asfalt, qum va tosh ishlab chiqarish loyihalari ko‘zdan kechirildi. Viloyat rahbari tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilib, loyihalarni jadallashtirish, bo‘sh binolardan samarali foydalanish hamda tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.

Shuningdek, “Yangiqurilish” mahallasida kollektorni zamonaviy drenaj usulida yopish orqali hosil bo‘ladigan hududda tunu-kun faoliyat yurituvchi turizm ko‘chasini tashkil etish loyihasi doirasidagi ishlar ham o‘rganildi. Aholi bilan o‘tkazilgan suhbatlarda infratuzilmani yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish va turmush darajasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tashrif yakunida tumandagi samarasiz bog‘lar o‘rnida intensiv va sanoatlashgan bog‘lar tashkil etish bo‘yicha ishlar ko‘zdan kechirilib, mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

2 sotixdan — mo‘l hosil va daromad

Tomorqa — to‘g‘ri yondashuv va tinimsiz mehnat bilan oilaviy...

Yozgi sog‘lomlashtirish — muhim jarayon

Yoz fasli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning sog‘lom hordiq chiqarishi,...

Quruvchilar mehnati — bunyodkorlik poydevori

Har bir yangi bino, obod ko‘cha va zamonaviy inshoot...

“Oqarbuloq” obodlik sari yuzlanmoqda

Mahalla qiyofasi, avvalo, uning infratuzilmasi va aholi uchun yaratilgan...
KunTun
KunTun