Termiz davlat universiteti qoshida 103 xizmati yo’lgan qo’yilgan. Ushbu xizmat xodimlari tomonidan o’tgan yil davomida 3 298 nafar professor-o‘qituvchi, ishchi-xodim, talaba-yoshlar va abituriyentlarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Universitetda o‘tkazilgan barcha sport musobaqalari, qabul jarayonidagi ijodiy va amaliy imtihonlarda ishtirokchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida birinchi tez tibbiy yordam postlari tashkil etilib, jarohat olganlarga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Darband o‘quv-amaliyot bazasida universitet va viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari jalb etilgan o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlari davomida 3 smenada tibbiy navbatchilik tashkil etilib, ishtirokchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012-yil 8-sentyabrdagi 200-sonli buyrug‘i asosida universitetda faoliyat yuritayotgan barcha professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlarning muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tishi nazoratga olinib, ularning tibbiy daftarchalari belgilangan tartibda ro‘yxatga olinmoqda va tibbiy punktda saqlanyapti.
2025-yilda universitet rahbariyati tomonidan birinchi tez tibbiy yordam xizmati uchun jami 11 890 600 so‘m miqdorida dori-darmonlar xarid qilindi.

