Samarali hamkorlik

Date:

Nazariy bilimlar auditoriyada berilganidan ko‘ra, noan’anaviy tarzda tashkil etilsa, yanada samarali bo‘ladi. Ayniqsa, bilimlar amaliyot bilan uyg‘un tarzda bo‘lsa bormi, bilimlar yanada mustahkam bo‘lishi aniq. Ayritom erkin iqtisodiy zonasida  Termiz davlat universiteti talaba-yoshlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida ko‘chma sayyor o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Tadbir doirasida o‘tkazilgan ilmiy-ma’rifiy seminarlar davomida erkin iqtisodiy zonalarning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni va ahamiyati, innovatsion yondashuvlar, zamonaviy axborot texnologiyalarining amaliyotdagi qo‘llanilishi, shuningdek, milliy madaniyat va san’atni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan mazmunli ma’ruzalar o‘qilib, talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

Shuningdek, Ayritom erkin iqtisodiy zonasi hududida tashkil etilgan ekskursiyalar davomida ishtirokchilar zonaning faoliyati, mavjud ishlab chiqarish korxonalari, amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari hamda infratuzilma imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar. Bundan tashqari, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida turli sport tadbirlari o‘tkazildi. Ushbu mashg‘ulotlar jamoaviylik, faollik va o‘zaro hamkorlik muhitini yanada mustahkamladi. Mazkur seminarlar, ekskursiyalar va sport tadbirlari talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ularning kasbiy va ijtimoiy faolligini oshirish, shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida samarali hamkorlik muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bremen musiqachilari” Turkiya sahnasida namoyish etildi

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Turkiyaning Chine shahrida...

“Zakovat”: otalar va farzandlar bilim maydonida

Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Otalar yig‘ilishi” doirasida otalar...

Rahbarlar shaxsiy namuna ko‘rsatmoqda

Sariosiyo tumanida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, aholining jismoniy faolligini...

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...
KunTun
KunTun