Yong‘in xavfsizligi kuchaytirildi

Date:

Angor tumanida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda aholi va tadbirkorlik subyektlari xavfsizligini mustahkamlash ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Shu maqsadda hududda tizimli va manzilli profilaktik ishlar izchil amalga oshirilmoqda.

Xususan, Angor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Angor kelajagi” savdo kompleksi hududida yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan keng qamrovli tadbirlar tashkil etildi. Tadbir davomida savdo majmuasida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi holati atroflicha o‘rganildi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul shaxslarga tegishli tushuntirishlar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqildi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish, yong‘in xavfsizligi vositalaridan samarali foydalanish hamda yong‘inlarning oldini olishga doir profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.

Mazkur tadbirlar aholi va tadbirkorlik obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, moddiy zarar va inson talafotlarining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imtihonda imtiyozi bor

Ta'limda teng imkoniyatlarni ta'minlash, alohida ta'lim ehtiyojiga ega bolalar...

Sun’iy intellekt yordam beradi

Raqamli texnologiyalarni davlat xizmatlariga keng joriy etish fuqarolarga qulaylik...

Sud qarori endi shart emas

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Ming gektardan oʻn ming tonna hosil…

Qishloq xo‘jaligida yer maydonlaridan oqilona foydalanish va takroriy ekinlarni...
KunTun
KunTun