Investitsion loyihalarga start berildi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumanida joylashgan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasida amalga oshirilayotgan yirik investitsion loyihalar bilan tanishdi hamda hududda rejalashtirilgan yangi loyihalar taqdimotini ko‘rib chiqdi.

Tashrif davomida xorijiy investorlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, sanoatni rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan istiqbolli tashabbuslar muhokama qilindi. Shundan so‘ng erkin iqtisodiy zonadagi bo‘sh maydonlarda rangli rudalarni qayta ishlash va zargarlik buyumlari ishlab chiqarish, polietilen plyonkalar tayyorlash hamda granit plitalar ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish bo‘yicha yirik loyihalar qurilishiga start berildi.

Mazkur loyihalar hududda yangi ish o‘rinlari yaratish, sanoat mahsulotlari hajmini oshirish va “Termiz” EIZning investitsion jozibadorligini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Viloyat rahbari qurilish ishlarini jadallashtirish va ishlab chiqarish quvvatlarini belgilangan muddatlarda ishga tushirish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun