Hamkorlik mustahkamlanmoqda

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Botirjon Asadov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Prezidentimiz topshiriqlari ijrosi doirasida hududlar va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratildi.

Muloqot chog‘ida Surxondaryo viloyatiga Rossiya investitsiyalarini jalb etish, yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamda eksport hajmlarini oshirish borasida bajarilgan ishlar va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. Shuningdek, viloyatga biriktirilgan xorijiy elchixonalar va konsulliklar bilan hamkorlikni yanada samarali yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu uchrashuv viloyat hokimligi va elchixona o‘rtasida doimiy hamkorlik mexanizmini shakllantirish, investitsiya va savdo aloqalarini manzilli va natijador tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun