Salomatlik yo‘lida muhim qadam

Date:

Mamlakatimizda aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda joylarda profilaktik tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

“Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida Sariosiyo tumanidagi Afrosiyob va Mirzo Ulug‘bek mahallalarida ijtimoiy ko‘makka muhtoj, nogiron hamda yoshi katta fuqarolar uchun chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Tadbirda malakali mutaxassislar — endokrinolog, kardiolog, ginekolog, stomatolog, onkolog, nevropatolog, dermatolog, xirurg, travmatolog, pediatr va terapevtlar tomonidan 405 nafar fuqaro to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tibbiy tekshiruvlar natijasida 217 nafar fuqaroda turli xil kasalliklar aniqlanib, ularning 13 nafari viloyat tibbiyot markazida, 39 nafari tuman tibbiyot birlashmasida statsionar davolanishga, 165 nafari esa ambulator sharoitda davolanishga yo‘naltirildi.

Shuningdek, mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron va yoshi katta fuqarolar uchun sayyor chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘riklar ham tashkil etilib, aholining salomatligini o‘z vaqtida aniqlash va davolash choralarini ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur tadbirlar aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oltinsoyliklar munosib qatnashdi

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga...

Jazo  yetarli  emas

Korrupsiya jamiyat taraqqiyoti, davlat boshqaruvi samaradorligi va fuqarolarning qonuniy...

Murojaat — shikoyat emas, signal

Ba’zan chiqindi tashish xizmati uchun asossiz hisoblangan qarzdorlik, internet...

Himoyaning  yangi  modeli

O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash, korrupsiya xavflarini...
KunTun
KunTun