“Yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlaymiz”

Date:

Mamlakatimiz hayotida yuz berayotgan yangilanishlar Konstitutsiyaviy tuzatishlarni taqozo etadi. Takliflar berish jarayoni va qonun loyihasi muhokamasida xalqimizning faol ishtirok etayotgani ularning shu Vatanga daxldorlik tuyg‘usi mustahkam ekanini ko‘rsatayotir. Konstitutsiyaviy islohotlar xalq manfaatlarini ta’minlab, ishonchli himoya qilishga qaratilgan huquqiy normaga aylanishi shubhasiz.

Shu sababdan ham Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Bandixon tumanida bo‘lib, Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning Yangi O‘zbekistonni yangi bosqichda rivojlantirishdagi o‘rni, inson qadrini ulug‘lashdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Qolaversa, muhokamada so‘zga chiqqan yosh-u keksa bu kabi o‘zgarishlarni katta qiziqish bilan kuzatib, Vatanimizda kechayotgan olamshumul islohotlarning bevosita ishtirokchisi bo‘lishga intilib yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlayotgani haqida gapirishdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Plogging aksiyasi o‘tkazildi

Termiz davlat pedagogika instituti faol talabalari va volontyor yoshlari...

Imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi

Mamlakatimizda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga...

Obodonlashtirish ishlari kuchaytirildi

Qurbon hayiti oldidan Qumqo‘rg‘on tumanidagi jome' masjidlar va qabristonlarda...

Murojaatlar endi mahallaning o‘zida hal etiladi

Jarqo‘rg‘on tumanida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada samarali...
KunTun
KunTun