Konstitutsiyaviy islohatlar — davr talabi

Date:

Yurtimizda har bir shaxs o‘z haq-huquq va majburiyatlarini bilishi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan masala hisoblanib, huquqiy savodxonlikni keng yoyish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilayotgani sir emas. Targ‘ibot-tashviqot ishlari, joylarda olib borilayotgan tushuntirishlar orqaligina xalqning xabardorlik darajasini oshirish mumkin. Vaqt o‘tishi, davr, zamon o‘zgarishi bilan zamonaviy texnika-texnologiyalar ham, inson ongi ham o‘zgarishga, rivojlanishga yuz buradi. Xalqning dunyoqarashiga mos va xos, ularning manfaatlarini ifodalovchi konstitutsiyani esa faqatgina shu yurtda yashovchi fuqarolarning o‘zigina yarata oladi.

Shu maqsadda, ya’ni xalqona konstitutsiyaga erishish uchun hamda fuqarolarning e’tiborini bugungi o‘zgarishlarga qaratish maqsadida Jarqo‘rg‘on tumani Oila va xotin qizlar bo‘limi faollar zalida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi raisi Saydulla Abduraimov tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan “Konstitutsiyaviy islohatlar davr talabi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu tadbirda Konstitutsiyada ilgari surilgan g‘oyalar, O‘zbekistonning rivoji, inson qadri, uning manfaatlariga xizmat qilishi, demokratik tamoyillarga to‘la mos kelishi haqida gapirib o‘tildi.

Konstitutsiyamizga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish davr talabi ekani, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jamiyatimiz rivoji, insonlarning baxtli hayot kechirishi uchun xizmat qilishi Bosh qomusimizda aks ettirilgani targ‘ib qilindi.
So‘z olganlar asosiy qonunimizni isloh qilish zaruratini yuzaga keltirgan omillar xususida to‘xtalib, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida aks etgan ulug‘vor maqsadlar va mohiyatan mutloqotda yangi vazifalarni amalga oshirish uchun bugungi o‘zgarishlar, yangilanishlar jarayoniga mos va xos konstitutsiyaviy-huquqiy makon yaratilishi zarurligini ta’kidladilar.
Konstitutsiyaviy islohotlarning zamirida hech shubhasiz, mamlakat rivoji, xalqning turmushi, ularning tinch va erkin yashash sharoitlarini ta’minlash yotadi. Shu ma’noda, Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlarning barchasi inson manfaatlarini yana bir bora mustahkamlab beradi.

Dildora Otaqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun