Tadbirkorlik yana rivojlantiriladi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumani, “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Eko Samo Mebel” MCHJda yangi tashkil etilishi rejalashtirilayotgan “Kambag‘allikdan chiqarish markazi” loyihasi bilan tanishdi. Taqdimot davomida markaz binolari, ishsiz aholini kasb-hunarga o‘qitish mexanizmlari hamda mehnat bozori talablariga mos bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv dasturlari batafsil ko‘rsatildi.

Viloyat rahbari mazkur markaz orqali aholini doimiy daromad manbaiga ega ish o‘rinlari bilan ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashning muhimligini alohida ta’kidladi. Shuningdek, loyihani amalga oshirishda aniq natijaga qaratilgan, samarali va barqaror tizimni joriy etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Taqdimot yakunida viloyat rahbari markaz faoliyatini muntazam nazorat qilish, aholi bandligini oshirish va yoshlarni kasb-hunar bilan ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalarni belgilab berdi. Loyiha Surxondaryo viloyatida kambag‘allikni kamaytirish va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida muhim qadam sifatida baholandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Grantlar biznesga yo‘l ochar

Xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish va...

Daraxtlarga nafas bering

Termiz shahar ekologik muhitini yaxshilash va yashil hududlarni asrashga...

Qilmishi javobsiz qolmadi

Tabiatga beparvo munosabat nafaqat atrof-muhitga, balki inson salomatligi va...

Murojaat yechim topdi

Jarqo‘rg‘on tumanida fuqarolar murojaati asosida ichimlik suvi ta’minoti bilan...
KunTun
KunTun