Askar onalari e’zozda

Date:

Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan joylarda harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan Uzun tumanida “Askar onalarini sharaflaymiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlarning ota-onalari bilan diydorlashuvi ta’minlanib, ularning farzandlari xizmat davomida erishayotgan yutuqlari namoyish etildi.

Farzandining haqiqiy mard va Vatanga sodiq yigit bo‘lib kamol topayotganini ko‘rgan onalarning chehrasida quvonch, otalarning ko‘ksida esa faxr tuyg‘ulari mujassam bo‘ldi. Fidoyi va yurtparvar yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan onalarga samimiy minnatdorlik bildirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun