Aholi tashabbusi ila…

Date:

Mamlakatimizda ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi, ayniqsa imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda. Xususan, Tashabbusli byudjet mablag‘lari hisobidan jami 950,0 million so‘m evaziga, Surxondaryo viloyati ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasining Uzun tuman filial kutubxonasi uchun yangi zamonaviy bino barpo etilmoqda.

Yangi bino ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi kitobxonlar ehtiyojlaridan kelib chiqib loyihalashtirilgan bo‘lib, unda qulay infratuzilma, zamonaviy o‘quv zallari hamda maxsus jihozlar joylashtirilishi rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha aholining tashabbusi va bevosita ishtiroki asosida amalga oshirilayotgani bilan ham ahamiyatli bo‘lib, hududda inklyuziv muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Oldingi sahifaReja asosida…
Keyingi sahifaMuammoga yechim bor

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlarga yangi xonadonlar topshirildi

Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Yetim bolalar va...

Yangi tashabbuslar ilgari surildi

Bugungi kunda xorijiy tajriba va zamonaviy bilimlarni yurt taraqqiyotiga...

Finalda g‘olib kim?

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli...

Sportchilarimiz bo‘sh kelmadi

“Besh tashabbus paralimpiadasi” nogironligi bo‘lgan yoshlarning sport salohiyatini namoyon...
KunTun
KunTun