Murojaatnoma mazmun-mohiyatiga bag‘ishlandi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beruvchi, islohotlar strategiyasini aniqlovchi muhim dasturiy hujjat sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.

Mazkur Murojaatnoma ijrosini ta’minlash, unda belgilangan vazifalar mazmunini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Sho‘rchi tumanida 2025-yil 26-dekabr kuni e’lon qilingan Prezident Murojaatnomasi yuzasidan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari izchil tashkil etildi.

Uchrashuv va muhokamalar davomida Murojaatnomada belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, aholi farovonligini oshirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik va hududlarni kompleks rivojlantirishga oid ustuvor vazifalar atroflicha tahlil qilinib, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Mazkur targ‘ibot tadbiri Murojaatnoma mazmunini keng targ‘ib qilish, belgilangan vazifalarni joylarda samarali amalga oshirish hamda aholi ishtirokini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bola huquqlariga oid bilimlar mustahkamlandi

Denov tumanida profilaktika inspektorlari ishtirokida “Xalqaro standartlar va milliy...

Roziliksiz reklama SMSlari taqiqlanadi

2026-yil 1-noyabrdan boshlab fuqarolarga ularning roziligisiz reklama mazmunidagi SMS-xabarlar...

Tabiat himoyasi kuchaytirildi

Anomal issiq ob-havo sharoitida Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘ida...

Portal imkoniyatlari kengayadi

Prezident qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-oktyabrdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari...
KunTun
KunTun