Madhiyam — faxrim

Date:

Davlat madhiyasi — xalqimizning g‘ururi, Vatanimizning sha’ni va istiqlol ruhi mujassam bo‘lgan muqaddas qo‘shiqdir. U har bir fuqaro qalbida yurtga muhabbat, sadoqat va milliy birlik tuyg‘usini uyg‘otadigan ruhiy qudrat manbayidir.

Davlat madhiyasining qabul qilinganiga 33 yil to‘lishi munosabati bilan Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari milliy orkestr jo‘rligida madhiyani birgalikda kuyladilar. Tadbir ishtirokchilar qalbida yurt ravnaqi uchun mas’uliyat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat va milliy g‘urur yanada mustahkamlandi.

Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tashabbus yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularni tarixiy qadriyatlarga hurmat va milliy yuksalishga da’vat etishda muhim ahamiyat kasb etdi. Madhiyaning tarannumi esa har bir qalbga yurt ravnaqiga hissa qo‘shish, ilm va mehnat bilan O‘zbekiston kelajagini bunyod etish mas’uliyatini eslatib turdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

ONA TILIM — RUHIM, ILDIZIM

Ona tili — millatning tarixiy xotirasi, ma’naviy qiyofasi va...

Aktivlar aylanmaga qaytadi

Davlat mulkini xususiy sektorga o‘tkazish iqtisodiyotga investitsiya jalb etish,...

Energetik salohiyat — iqtisodiy imkoniyat

Bugungi kunda energiya resurslaridan oqilona foydalanish, elektr ta’minoti barqarorligini...

Raqamlar ortidagi huquqiy himoya

Surxondaryo viloyatida 2026-yilning 9 oyida ma’muriy sudlar tomonidan davlat...
KunTun
KunTun