“Shajara”ngizni onlayn yarating

Date:

2026-yil 1-sentyabrdan fuqarolarga o‘z oilaviy shajarasini onlayn shakllantirish imkonini beruvchi yangi “Shajara” axborot tizimi ishga tushiriladi. Ushbu tizim orqali ming yil avvalgi ajdodlar haqidagi ma’lumotlargacha yetib borish mumkin bo‘ladi.

Yangi tizim quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

— FHDYOning yagona elektron arxivi, davlat va idoraviy arxivlar asosida oilaviy shajara ma’lumotlarini shakllantirish;

— X. Sulaymonova nomidagi sud ekspertiza markazi orqali DNK ma’lumotlari yordamida etnik kelib chiqishni aniqlash.

Shajara xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari va YaIDXP (my.gov.uz) orqali quyidagi tarixiy davrlar kesimida ko‘rsatiladi:

IX asrdan – 1917-yilgacha;

1918-yildan – 1945-yilgacha;

1946-yildan – hozirgi kungacha.

“Shajara” tizimi fuqarolarga o‘z nasl-nasabini chuqur o‘rganish, tarixiy ildizlarga murojaat qilish va oilaviy merosni asrash imkonini yanada kengaytiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Shaldiroq”da ilg‘or tajriba

Bugungi kunda bozorlarimizni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlashda nafaqat...

Yangi loyihalarga start berildi

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning Sariosiyo tumaniga tashrifi doirasida "Yangi...

Ochiqlik va samaradorlik — muhim mexanizm

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-son...

Sharoitlar yaxshilanmoqda

Termiz tumanidagi yana beshta mahallada "Taraqqiyot va yetakchilik maskani"...
KunTun
KunTun