Sayohat, ma’rifat va tozalik…

Date:

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tomonidan Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti talabalari uchun ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida bo‘lajak huquqshunoslar Hakim Termiziy majmuasini ziyorat qilib, buyuk alloma hayoti, uning diniy-falsafiy asarlari va huquqshunoslikdagi o‘rni haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, talabalar Fayoztepa va Qoratepa kabi qadimiy budda yodgorliklarida bo‘lib, vohaning boy tarixiy merosi va sivilizatsion taraqqiyoti bilan yaqindan tanishdilar.

Sayohat nafaqat bilim, balki amaliy tashabbus bilan ham yakunlandi — talabalar “Tozalik aksiyasi” doirasida arxeologik yodgorliklar hududida obodonlashtirish va tozalash ishlarini olib bordilar. Mazkur tashabbus yoshlar qalbida tarixiy merosga e’tibor, ekologik madaniyat va fuqarolik mas’uliyatini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Shu tariqa sayohat ma’naviyat, tarix va tozalik uyg‘unligida chinakam ibratli tadbirga aylandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

33 million so‘mlik kreditdan 30 dan ortiq ish o‘rniga qadar

Denov tumanidagi “Yangi hayot” mahallasida yashovchi tadbirkor Charos Abdullajonova...

Limonchilik rivojlangan mahallalarda infratuzilma yaxshilanadi

Hukumatning 2026-yil 9-oktabrdagi 550-son qaroriga muvofiq, limon yetishtiruvchi xonadonlar...

Vohadoshimiz “Jonajon o‘zbek tilim” tanlovida g‘olib

Adiblar xiyoboni hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida vazirlik va idoralar,...

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...
KunTun
KunTun