Hamkorlik yanada kengayadi

Date:

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik asrlar davomida chuqur tarixiy, madaniy va ma’naviy rishtalarga tayanadi. Bu yaqinlik Iso Termiziy, Al-Hakim At-Termiziy, Imom Buxoriy, Jaloliddin Balxiy va Abdurahmon Jomiy kabi ulug‘ allomalarning ilmiy va ma’naviy merosi orqali mustahkamlanib kelgan.

So‘nggi yillarda Prezidentimiz rahnamoligida Afg‘oniston bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va tinchlik jarayonlariga ko‘mak berish bo‘yicha xalqaro tashabbuslar amalga oshirildi.

Ushbu jarayonda Afg‘oniston bilan chegaradosh Surxondaryo viloyatining Balx viloyati bilan hududlararo hamkorligi alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Ayni vaqtda Termiz shahrida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov va Balx viloyati gubernatori Moxammad Yusuf Vafo boshchiligidagi delegatsiyalar ishtirokida Ishchi komissiyaning beshinchi yig‘ilishi o‘tmoqda. Uchrashuv doirasida iqtisodiy, transport, ta’lim, madaniyat va savdo sohalarida hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama etilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun

Toshkent shahrida 7 davlat sportchilari ishtirokida o‘tgan Osiyo xalqaro...

Sudga yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-martdagi farmoniga muvofiq, Tolib Bayzakov Surxondaryo...

“2+6” dasturi: sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga keng jalb etish...

Yangi xorijiy korxona ish boshlaydi

Bandixon tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan...
KunTun
KunTun