Ilk bor o‘zbek tilida

Date:

O‘zbekistonda ilk bor “O‘zbek tilidagi sport atamalarining izohli lug‘ati” nashr etildi.

Lug‘at Sport vazirligi, Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamda Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamkorligida tayyorlangan bo‘lib, unga filologiya va sport sohasining yetakchi mutaxassislari jalb etilgan.

Nashrda O‘zbekistonda keng tarqalgan 20 dan ortiq sport turi — futbol, boks, shaxmat, taekvondo, karate, gimnastika, qilichbozlik va boshqa yo‘nalishlarga oid minglab atamalar ilmiy asosda izohlangan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu — o‘zbek tilida sport atamalarini tizimlashtirgan va ilmiy asosda izohlagan birinchi mukammal nashr hisoblanadi. Lug‘atning bosma va raqamli versiyalari tayyorlangan bo‘lib, foydalanuvchilar [www.sportatamalari.uz](http://www.sportatamalari.uz) sayti hamda “Sport atamalari” mobil ilovasi orqali undan foydalanishlari mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qurilish jadallashdi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi 63-son umumta’lim maktabida 180 o‘rinli yangi o‘quv...

Eko-bozor loyihasi nazoratda

Sariosiyo tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan Eko-bozor qurilishi...

Daraxtlar kechasi sug‘orilmoqda

Kunduzgi jazirama hukm surayotgan kunlarda Sariosiyo tumanida daraxtlar va...

Huquqingizni bilasizmi?

Yozning issiq kunlarida mehnat qilayotgan xodimlar uchun qonunchilikda qo‘shimcha...
KunTun
KunTun