Turar-joy nomlari o‘zbek tilida bo‘ladi

Date:

2026-yil 1-yanvardan boshlab mamlakatimizda qurilayotgan barcha turar-joy majmualari va binolarga qo‘yiladigan nomlar davlat tilida, ya’ni o‘zbek tilida yozilishi shart bo‘ladi.

Bu tartib O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining yangi qarorida belgilab qo‘yildi. Qarorga muvofiq, qurilish obyektlari loyihalari, bino pasportlari, peshlavhalar, qurilish maydonlari atrofidagi vaqtinchalik devor va to‘siqlardagi barcha yozuvlar, shuningdek reklama va e’lonlar matnlari ham davlat tili qoidalari va talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. Mazkur qaror mamlakatda davlat tilining nufuzi va qo‘llanish doirasini kengaytirish, shuningdek shaharsozlik madaniyatida yagona til meyorlarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun