Bolalar kasb-hunarga yo‘naltirilgan

Date:

Surxondaryo viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni erta yoshdan mehnatsevarlik va ijodkorlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Hududdagi ko‘plab bog‘chalarda tashkil etilgan hunarmandchilik to‘garaklari orqali bolalar kashtachilik, gilam to‘qish, kulolchilik, yog‘och va loy o‘ymakorligi hamda milliy bezak san’ati kabi yo‘nalishlarda amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirmoqda. Mazkur mashg‘ulotlarda tajribali ustalar, ota-onalar va mahalla faollari ishtirok etishi esa jarayonni yanada mazmunli va hayotiy saboqqa aylantirmoqda. Bunday faoliyat nafaqat bolalarning qo‘l harakatlarini, balki tafakkurini, diqqatini va ijodiy fikrlashini rivojlantirishga ham xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun