Prezidentimiz topshirig‘iga muvofiq, ta’lim muassasalarida zamonaviy sharoitlar yaratish hamda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish bo‘yicha Surxondaryoda amaliy ishlar boshlandi.
Viloyatdagi 68 ta maktabning bo‘sh maydonlarida bog‘chalar qurilishi boshlab yuborildi.
Maktablarda esa namunaviy loyihalar asosida “Book cafe” va zamonaviy oshxonalar tashkil etilmoqda.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi 6-son maktabda amalga oshirilayotgan ana shunday ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilayotgan nodavlat bog‘cha qurilish jarayoni ham o‘rganildi.
Tashrif yakunida hokim fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaatlarini joyida hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.