Yoshlar bandligi — kelajak poydevori

Date:

Prezidentimizning yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunar va hayotga tayyorlash borasidagi topshiriqlari ijrosi doirasida Surxondaryoda amaliy ishlar davom etmoqda.

viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi 1-son politexnikumida namunaviy tajriba joriy etilishi jarayonlari bilan tanishdi.
Bu loyiha doirasida yoshlarni zamonaviy kasblar va xorijiy tillarga o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
O‘quv jarayonining samaradorligi va bandlik imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, hokim Yangi turmush mahallasidagi “Oilaviy bolalar uyi” faoliyati bilan ham tanishib, bu yerda yashovchi bolalarning hayot sharoitini yaxshilash, ularni kasb va fan to‘garaklariga jalb etish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Yoshlar bilim va kasb bilan qurollansa — ertangi kun yanada mustahkam bo‘ladi!

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun