FVV va mahalla hamkorligi — xavfsiz hayot sari

Date:

Bugungi kunda aholining xavfsizligini ta’minlash, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish — jamiyat barqarorligi va tinch hayotining asosiy kafolatidir. Shu maqsadda, Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda uning shahar va tuman bo‘limlari tomonidan viloyat miqyosida mahallalarda aholini Is gazidan zaharlanish, gaz havo aralashmasining chaqnashi hamda yong‘inlarning oldini olish maqsadida targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.
Tadbirlar doirasida viloyatimizda mavjud jami 724 ta mahallalarda aholi bilan suhbatlar, ochiq muloqotlar va amaliy ko‘rgazmali chiqishlar tashkil etilmoqda. Fuqarolarga xonadonlardagi yong‘in xavfini kamaytirish, elektr va gaz uskunalaridan to‘g‘ri foydalanish, isitish moslamalarini xavfsiz ishlatish kabi masalalar bo‘yicha aniq tavsiyalar berilmoqda.
Shu bilan birga, mahallalardagi xonadonlar, do‘konlar, umumiy ovqatlanish shaxobchalari hamda ta’lim muassasalarida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Bu jarayonda xodimlar mavsumiy xavfli jihozlarning holatini ko‘zdan kechirib, fuqarolarga qo‘shimcha tushuntirish va yozma tavsiyalar taqdim etmoqdalar.
Tadbirlar jarayonida aholiga is gazi va uning kelib chiqish sabablari, havo gaz aralashmasining chaqnashi va yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda nima qilish kerakligi, bolalarni nazoratsiz qoldirmaslik, yong‘in xavfsizligi vositalaridan foydalanish hamda favqulodda holat yuz berganda 101 yoki 1050 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish kerakligi haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Mahalla guzarlarida aholi o‘rtasida targ‘ibot bukletlarini tarqatish, ko‘chalarda bannerlar va axborot stendlarini joylashtirish ishlari faol davom etmoqda.
Bundan tashqari, ta’lim muassasalarida yoshlar o‘rtasida rasm va insho tanlovlari, viktorinalar o‘tkazilib, ularga yong‘in xavfsizligi haqida bilim va amaliy ko‘nikmalar berilmoqda. Bu kabi targ‘ibot ishlari nafaqat fuqarolarning ogohlik darajasini oshiradi, balki har bir xonadonda xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi.
Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan ushbu tadbirlar doimiy ravishda davom ettirilib, viloyatimizdagi
724 ta mahallaning har birida aholi bilan yaqin muloqot va amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa zimmamizdagi asosiy vazifa — fuqarolar hayoti va mulkini turli xavf-xatarlardan asrashga qaratilgan muhim vazifalardan biridir.

Zulfiya Sohibova
Viloyat FVB
axborot xizmati yetakchi mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Nazorat tadbirlari davom etmoqda

Kadastr agentligi yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan olib...

1,7 milliondan ortiq aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “To‘palang suv ombori suvlaridan...

Yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda

Hududlarda xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish, yangi...

Majolis un-naf(oyi)s

Demak, hazrat Navoiy davrida ham majlislar bo‘lgan. Shundan ruhlanib,...
KunTun
KunTun