Ta’limga mehr, kelajakka ishonch

Date:

Termiz tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida Termiz davlat pedagogika instituti uchun zamonaviy talablarga to‘la javob beradigan yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi. Umumiy qiymati 41 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan ushbu majmua 1 500 nafar talaba uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda o‘qitish jarayonlarini samarali tashkil etish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Yangi bino zamonaviy me’moriy yechimlar, ilg‘or energiya tejamkor texnologiyalar, qulay o‘quv xonalari, laboratoriyalar, axborot-resurs markazi, sport zallari hamda dam olish maskanlari bilan ajralib turadi. Shuningdek, talabalarning ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun multimedia sinfxonalari va innovatsion o‘quv laboratoriyalari tashkil etilgan.

Ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov so‘zga chiqib, mazkur bunyodkorlik ishlari mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini tubdan yangilash, yoshlar uchun zamonaviy ta’lim muhitini yaratish yo‘lidagi izchil islohotlarning amaliy natijasi ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u bu kabi loyihalar yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularni vatanparvar, bilimli va tashabbuskor kadrlar sifatida voyaga yetkazishda muhim o‘rin tutishini qayd etdi. Yangi o‘quv maskani Termiz davlat pedagogika instituti faoliyatida yangi bosqichni boshlab beradi.

Endilikda bu dargohda bo‘lajak o‘qituvchilar zamonaviy metodikalar asosida ta’lim olib, ta’lim sohasining raqobatbardosh mutaxassislari sifatida shakllanadilar. Mazkur inshootning foydalanishga topshirilishi nafaqat institut jamoasi, balki butun viloyat ta’lim tizimi uchun katta sovg‘a bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sho‘rchining “o‘sish nuqta”lari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF–243 Farmoniga muvofiq, Sho‘rchi...

Cheklovlarga yo‘l qo‘yilmaydi

O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molchilarini tarmoqlardan ajratish...

“Burch, jasorat va matonat”

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sariosiyo...

“Boysun bahori”: milliy merosga boy sayohat

Erta tongdan Boysun tumanida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali...
KunTun
KunTun