Bilimlar sinovdan o‘tmoqda

Date:

Iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning bilim va salohiyatini yuzaga chiqarish hamda fanlarga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish maqsadida Termiz shahrida Asosiy fan olimpiadasining III — viloyat bosqichi o‘tkazilmoqda.

Bellashuvlar shahardagi 16- va 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etilgan bo‘lib, 15 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha jami 2 188 nafar o‘quvchining ishtirok etishi rejalashtirilgan. 4-dekabrga qadar davom etadigan olimpiadada o‘quvchilar o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazadi.

Bugun, 24-noyabr kuni 10-sinf o‘quvchilari matematika fanidan yozma ish, 11-sinf o‘quvchilari esa informatika fanidan dasturlash yo‘nalishi bo‘yicha bellashmoqda.

Olimpiadada tuman va shahar bosqichlari g‘oliblari bilan bir qatorda akademik litseylar, Prezident hamda ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari ham ishtirok etmoqda.

Bellashuvlarni belgilangan tartib va talablar asosida o‘tkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bilimlar sinovdan o‘tmoqda

Iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning bilim va salohiyatini yuzaga chiqarish...

“Ilg‘or”liklar ilg‘or

Hududlarni obodonlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish va ekologik muhitni yaxshilash...

«Nurli diyor»da yangi o‘rikzor

Yurtimizda yashil hududlarni kengaytirish, ekologik muhitni yaxshilash borasidagi ishlar...

Kubok uchun pedal bosildi

Yoshlar o‘rtasida velosportga qiziqishni oshirish, iqtidorli sportchilarni kashf etish...
KunTun
KunTun