Tarixni anglash, milliy ma’rifatparvarlik merosini o‘rganish va yosh avlodda jadidlar faoliyatiga qiziqishni kuchaytirishga qaratilgan «Jadidlar izidan» respublika tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi.
Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan bellashuvda viloyatning barcha tuman va shaharlaridan saralangan 30 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Qatnashchilar 6–8 va 9–10-sinflar toifalarida uchta shart bo‘yicha o‘z bilim va iqtidorlarini namoyish etdi.
6–8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Termiz shahridagi 26-maktab o‘quvchisi Abdukarim Abdukarimov birinchi o‘rinni egalladi. Sariosiyo tumanidagi 1-maktab o‘quvchisi Fotima Iskandarova ikkinchi, Boysun tumanidagi 43-maktab o‘quvchisi Zarina Xudoyberdiyeva uchinchi bo‘ldi.
9–10-sinflar toifasida esa Jarqo‘rg‘on tumanidagi 16-maktab o‘quvchisi Muhammad Keldiyorov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Qumqo‘rg‘on tumanidagi 30-maktab o‘quvchisi Farida Ramazonova ikkinchi, Oltinsoy tumanidagi 70-maktab o‘quvchisi Dildora Amirqulova uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Har ikki toifada birinchi o‘rinni egallagan Abdukarim Abdukarimov va Muhammad Keldiyorov tanlovning respublika bosqichida viloyatimiz sharafini himoya qiladi.

