Tayyorgarlikni kuchaytiradi

Date:

Samarqand mezbonlik qilayotgan sport musobaqasida kuchlilar jam bo‘ldi. Sportning ogʻir atletika turi boʻyicha Oʻzbekiston kubogi musobaqasida kuchlar sinovdan o‘tib, jarayon barchaning e’tibor markazida bo‘ldi. Surxondaryo sharafini himoya qilish uchun ishtirok etgan Gulmina Musurmonova 49 kilogramm vazn toifasida ishtirok etdi va o‘z maqsadiga erishib, faxrli 3-oʻringa sazovor bo‘ldi.

Albatta, yosh sportchining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari bisyor. Bu gaplgi sport musobaqasi u uchun katta mahorat maktabi bo‘ldi. Kelgusida tayyorgarlikni bundan-da kuchaytirib, bor imkoniyatlaridan foydalanishi lozimligini angladi.

Ha aytgancha, Gulmina Musurmonova Olimpiya cho‘qqilar hududiy bosqichida ham o‘z vazn toifasida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan. Bu esa unga musobaqaning respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini bergan. Uning tayyorgarlikni kuchaytirishi, ayni musobaqada zafar quchiga yordam berishi aniq.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun