Yong‘in yoki favqulodda vaziyatda to‘g‘ri harakat qilish – hayot garovidir

Date:

Har bir fuqaro yong‘in yoki boshqa favqulodda vaziyat yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilish qoidalarini bilishi va ularga amal qilishi muhim ahamiyatga ega. Bunday paytlarda har bir soniya qimmatli hisoblanadi. Shu bois, fuqarolar o‘z xavfsizligini va atrofdagilar hayotini asrash maqsadida tezkorlik bilan tegishli xizmatlarga murojaat etishlari zarur.

Favqulodda vaziyatlar — bu tabiiy yoki texnogen tusdagi, inson hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga hamda atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan holatlardir. Ularga yong‘inlar, gaz sizishi, portlashlar, suv toshqinlari, bo‘ronlar, yer ko‘chishlari va boshqa hodisalar kiradi.

Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi aholiga murojaat qilib, quyidagilarni yodda saqlashni tavsiya etadi:

  1. Yong‘in yoki favqulodda vaziyatni ko‘rsangiz, darhol 1050 yoki 101 raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling.
  2. Tinchlik bilan harakat qiling, atrofdagilarni ham xavf haqida ogohlantiring.
  3. Bolalar, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni xavfli hududdan olib chiqishga yordam bering.
  4. Yordam xizmati yetib kelguncha  yong‘in yoki favqulodda vaziyat oqibatlarini kamaytirishga harakat qilganda o‘z hayotingizni xavf ostiga qo’mang.

Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari har kuni fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun sidqidildan xizmat qilmoqdalar. Ular har bir chaqiriqqa tezkorlik bilan yetib borishadi va inson hayotini saqlab qolishda fidoyilik ko‘rsatishadi.

Eslatib o‘tamiz, hazil tariqasidagi yoki noto‘g‘ri chaqiriqlar nafaqat xizmat ishlariga to‘siq bo‘ladi, balki boshqa insonlarning hayotiga ham xavf tug‘diradi.

Shuning uchun, har bir fuqaro ehtiyot bo‘lishi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishi va favqulodda vaziyat yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilishni bilishi zarur.

 Ogohlik – xavfsizlik garovidir!

Favqulodda vaziyatda – 1050 yoki 101 raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling!

Surxondaryo viloyati FVB axborot xizmati

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Nazorat tadbirlari davom etmoqda

Kadastr agentligi yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan olib...

1,7 milliondan ortiq aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “To‘palang suv ombori suvlaridan...

Yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda

Hududlarda xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish, yangi...

Majolis un-naf(oyi)s

Demak, hazrat Navoiy davrida ham majlislar bo‘lgan. Shundan ruhlanib,...
KunTun
KunTun