Elektron davomat tizimi joriy etildi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–438-son qarori ijrosi doirasida 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab viloyatdagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida davomatni elektron tarzda yuritish tizimi to‘liq joriy etildi.

Endilikda har bir bola va xodim Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan planshetlar yordamida maxsus mobil dastur orqali elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tadi. Har bir bola va xodimning davomat ma’lumotlari onlayn tarzda markaziy ma’lumotlar bazasiga uzatiladi, bu esa aniqlik, tartib va nazoratning yuqori darajada yo‘lga qo‘yilishini ta’minlaydi.

Bog‘cha menyusi ham bolalar davomatiga qarab shakllanadi. YA’ni, faqat elektron tizim orqali ro‘yxatdan o‘tgan bolalar uchungina taom tayyorlanadi. Bu esa ortiqcha bolalarni qabul qilish, asossiz oziq-ovqat sarfi yoki boshqa qonunbuzilish holatlarining oldini oladi.

Shu bilan birga, barcha xodimlarning elektron tarzda davomatdan o‘tishi oylik ish haqlarini shakllantirishda asosiy manba sifatida xizmat qiladi. Bu esa moliyaviy hisob-kitoblarda adolat, aniqlik va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Elektron tizimning joriy etilishi tarbiyachilarning vaqtini tejaydi, qog‘ozbozlikni kamaytiradi va ularning bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan chuqurroq shug‘ullanishi uchun qulay imkoniyat yaratadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Naqshbandiya yo‘lining yuragi

 Turkiya va Indoneziyada Surxondaryo viloyatining ziyorat va turizm salohiyati...

“27 qozonda – 27 xil osh”

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalar turar joyida...

360 o‘rinli bog‘cha qurilishiga start berildi

Prezidentimizning qamrov darajasi past bo‘lgan hududlarda davlat-xususiy sherikchilik asosida...

Bandligi ta’minlandi

Angor tumanining “Qorasuv” mahallasida yashovchi, II guruh nogironi Zafar...
KunTun
KunTun