Subsidiya olish uchun imkoniyat

Date:

O‘zbekistonda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Prezidentning 2025-yil 26-sentabrdagi PF–176-sonli farmoni qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, 2026–2027 yillarda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” orqali 4 trillion so‘mlik moliyaviy ko‘mak ajratilib, 5 mingdan ortiq loyiha amalga oshiriladi. 2025-yil 1-noyabrdan boshlab ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi “chempion” loyihalarga 10 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratiladi. “Yashil iqtisodiyot” va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi mikroloyihalar esa 500 mln so‘mgacha imtiyozli kredit bilan moliyalashtiriladi.

Shuningdek, 2026-yildan boshlab olis hududlardagi kichik va o‘rta biznes subyektlariga alohida imtiyozlar beriladi. Xususan, kambag‘al oilalardan ishchi yollagan tadbirkorlar uchun kreditlar bo‘yicha kompensatsiya stavkasi 2–6% gacha oshiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sport — yangi milliy yondashuv

Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholining sog‘lom turmush...

Ish tashlash — endi qonuniy vosita

Zamonaviy mehnat munosabatlarida xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi muvozanatni...

Sahnada porlagan iste’dod

San’at — yoshlarning ichki dunyosini namoyon etuvchi, iste’dod va...

“Yangi shahar”da yangi stadion

Hududlarda zamonaviy sport maskanlarini barpo etish — yoshlar salohiyatini...
KunTun
KunTun