Bilimi damasga loyiq

Date:

Surxondaryo viloyatida o‘qituvchilarning bilimini e’tirof etish va ularning mashaqqatli mehnatini munosib qadrlash maqsadida yirik ilmiy bellashuv – “Bilimdon ustoz – 2025” olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli tadbir viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda “Surxon sanoat qurilishi” kompaniyasining hamkorligida tashkil etildi.

Viloyatimizdagi matematika va fizika fani fidoyilari o‘rtasida o‘tkazilgan olimpiadaning barcha bosqichlarida ikki mingga yaqin ustoz qatnashdi. Ular orasidan eng bilimdon, eng izlanuvchan o‘qituvchilar saralab olindi.

Yakunda quyidagi fidoyi ustozlar faxrli birinchi o‘rin sohibi bo‘lishdi:

🔹 Matematika fani bo‘yicha – Dilshod Sattorov, Sariosiyo tumanidagi 74-maktab o‘qituvchisi

🔹 Fizika fani bo‘yicha – Abbos Boltayev, Termiz tumanidagi 14-maktab o‘qituvchisi.

G‘olib ustozlarga tantanali tarzda DAMAS rusumli avtomobillar topshirildi. Ularni taqdirlash marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev hamda “Surxon sanoat qurilishi” kompaniyasi rahbari Bahodir Qodirov ishtirok etdi.

Bu mukofotlar nafaqat ustozlarning mehnatini qadrlash, balki yosh avlodni tarbiyalash yo‘lida bor kuch-g‘ayratini ayamayotgan o‘qituvchilarga bo‘lgan chuqur hurmat va e’tibor ifodasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun