“Armiya va xalq – bir tanu bir jon!

Date:

Ana shunday ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir Termiz shahridagi harbiy qismlardan birida tashkil etildi. Unda Termiz davlat universiteti talaba-yoshlari va harbiy xizmatchilar ishtirok etib, “Jaholatga qarshi – ma’rifat” mavzusida samimiy muloqot o‘tkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga masʼullar tomonidan  jadidchilik harakati namoyandalari hayoti va ularning boy ma’naviy merosi haqida qimmatli ma’lumotlar taqdim etildi. Ularning xalqni ilm-ma’rifatga, taraqqiyotga chorlagan fidokorona faoliyati bugungi kun yoshlar uchun ham ibrat maktabi sifatida alohida ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi. Mazkur uchrashuv nafaqat bilim va ma’naviyat darsiga, balki armiya va xalq o‘rtasidagi mustahkam birlik timsoliga aylandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qimmatga tushgan “talab”

Surxondaryoda YPX xodimi xizmat vakolatidan foydalanib, paxta ortilgan yuk...

3 kilometr — iroda va qat’iyat sinovi

Bugun Termiz shahrida yoshlarni sportga keng jalb etish va...

O‘zbekiston terma jamoasi shtabiga yangi mutaxassislar qo‘shildi

Bosh murabbiy Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi...

“Ijodkor bolalar” aniqlandi

Surxondaryo viloyati bolalar kutubxonasida “Kitobxonlik festivali” doirasida “Ijodkor bolalar”...
KunTun
KunTun