Qishga tayyorgarlik qizg‘in

Date:

Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev boshchiligidagi ishchi guruh tumandagi umumta’lim maktablarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonini atroflicha o‘rgandi. Tashrif davomida ta’lim muassasalarining qozonxonalari, isitish tizimlari va mavjud ko‘mir zaxirasi ko‘zdan kechirildi. Mazkur jarayonning bosh maqsadi – o‘quvchilar qishning sovuq kunlarida ham qulay sharoitda tahsil olishini ta’minlashdir.

O‘rganish jarayonida ayrim maktablarda issiqlik tizimini belgilangan meyorlarda ishlatish uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar zarurligi qayd etildi. Shu bois mas’ullarga kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va zarur joylarga ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Hudud rahbari ta’kidlaganidek, bugungi kunda har bir maktabda o‘quvchilarning bilim olishi uchun qulay muhit yaratish eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shu sababli qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, ta’lim maskanlarini uzluksiz issiqlik bilan ta’minlash barchamizning umumiy mas’uliyatimizdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun