Xavfsizlik – barchamiz uchun mas’uliyat

Date:

So‘nggi vaqtlarda yurtimizda yong‘inlar, aholining is gazidan zaharlanishi va havo-gaz aralashmasining chaqnashi kabi noxush hodisalar tez-tez uchramoqda. Bu holatlar nafaqat bir oilaning, balki butun mahalla, butun jamiyat osoyishtaligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bois kuz-qish mavsumi oldidan bunday baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida joriy yil 15-sentyabrdan 15-oktyabrga qadar “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi o‘tkazilmoqda.

Mazkur tashabbus doirasida Surxondaryo viloyati hokimi – fuqaro muhofazasi boshlig‘i Ulug‘bek Qosimovning buyrug‘iga muvofiq, maxsus saf tadbirlari tashkil etildi. Videokonferensaloqa tarzida o‘tgan yig‘ilishda hududiy FVDqT xizmatlari xodimlari, shahar va tuman mutasaddilari, shuningdek, texnika va kuch vositalari jalb qilindi. Tadbir davomida kampaniya doirasida amalga oshiriladigan asosiy vazifalar, chora-tadbirlar va harakat yo‘nalishlari hududlar kesimida belgilab olindi.

“Yong‘indan ogohlik” nafaqat davlat xizmatlari zimmasiga yuklangan vazifa, balki har bir fuqaroning ijtimoiy burchidir. Har birimiz gaz jihozlaridan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lsak, elektr tarmoqlariga mas’uliyat bilan yondashsak, bolalarimizga xavfsizlik qoidalarini o‘rgatsak – bu jamiyat osoyishtaligi uchun qo‘shgan ulkan hissamiz bo‘ladi.

Unutmaslik kerak: xavfsizlik faqat bizning uyimiz, oilamiz uchun emas, balki qo‘shnimiz, mahallamiz, butun jamiyat uchun muhimdir. Shu bois “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi hammamizni birlashtirib, xavfsizlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“E-auksion.uz” — ochiq savdo maydoni

Bugungi tezkor hayotda har birimizning xayolimizda turli biznes g‘oyalari...

Kamchiliklar bartaraf etildi

Jarqo‘rg‘on tumanida davlat tilining nufuzini oshirish, uni hayotimizning barcha...

Bilim va zukkolik bellashuvi

Termiz davlat universitetida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini boshlandi....

“Yangi hayot”da yangi maskan

Qiziriq tumanida yosh avlod tarbiyasi va ta’limi yo‘lida navbatdagi...
KunTun
KunTun