“Jasorat maktabi”da vatanparvarlik saboqlari

Date:

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Sh.Shukurov Bandixon tumanidagi 3-sonli umumta’lim maktabi negizida faoliyat yuritayotgan “Jasorat maktabi” o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbir avvalida o‘quvchilar uchun “Kelajak soati” darsi tashkil etilib, yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazildi. Podpolkovnik Sh.Shukurov o‘zining kasbiy faoliyati, xalq xizmatidagi mas’uliyatli vazifalari, xalqaro safarlardagi tajribalari haqida so‘zlab berdi. Harbiy xizmatning mashaqqatlari va sharafli jihatlari, fidoyilik va vatanparvarlik fazilatlari haqida hayotiy misollar orqali tushuntirib berdi.

O‘quvchilar mardlik va matonatga doir hikoyalarni katta qiziqish bilan tinglab, uchrashuvdan katta ilhom oldilar. Ustoz sifatida u yoshlarga bilim olishda qat’iyatli bo‘lish, kasb tanlashda mas’uliyatni his etish, yurt tinchligi va xalq farovonligiga munosib hissa qo‘shish zarurligini alohida ta’kidladi. Faol qatnashgan o‘quvchilarga esa kitob jamlanmalari sovg‘a qilindi.

Uchrashuv yakunida o‘quvchilarga yong‘in-qutqaruv texnikalari va zamonaviy asbob-anjomlar namoyish etildi. Bu yoshlar qalbida kasbga qiziqish uyg‘otib, ularni yanada maqsadli bo‘lishga undadi.

Bunday tadbirlar o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kuchli iroda va mustahkam dunyoqarash bilan voyaga yetkazishda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Zero, bugungi yoshlarga berilgan bunday saboqlar ertangi kunning mard, jasur va fidoyi avlodini shakllantirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“E-auksion.uz” — ochiq savdo maydoni

Bugungi tezkor hayotda har birimizning xayolimizda turli biznes g‘oyalari...

Kamchiliklar bartaraf etildi

Jarqo‘rg‘on tumanida davlat tilining nufuzini oshirish, uni hayotimizning barcha...

Bilim va zukkolik bellashuvi

Termiz davlat universitetida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini boshlandi....

“Yangi hayot”da yangi maskan

Qiziriq tumanida yosh avlod tarbiyasi va ta’limi yo‘lida navbatdagi...
KunTun
KunTun