Favqulodda vaziyatlarda tayyor

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanidagi 2-sonli Politexnikumda “Yosh qutqaruvchi” to‘garagi a’zolari uchun “Maxsus anjomlardan foydalanish va ularning vazifalari” mavzusida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga favqulodda vaziyatlarda qo‘llaniladigan maxsus texnika va jihozlar tanishtirildi, ularning vazifalari hamda to‘g‘ri ishlatish tartiblari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, nazariy bilimlarni mustahkamlash maqsadida texnik vositalardan foydalanish bo‘yicha namoyishli chiqishlar ham o‘tkazildi.

Mazkur tadbir nafaqat bilim berish, balki amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratildi. Chunki favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, maxsus anjomlardan samarali foydalanish nafaqat inson hayotini, balki butun jamoaning xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bunday mashg‘ulotlar yoshlarda mas’uliyat hissini kuchaytiradi, ularni ogoh, hushyor va vatanparvar qilib tarbiyalaydi. Eng muhimi, bu orqali kelajakda favqulodda vaziyatlarda nafaqat o‘zini, balki atrofdagilarni ham himoya qila oladigan, bilimli va malakali avlod shakllanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun