Hammualliflikda yangi tuhfa

Date:

Yaqinda S. Tursunov, O. Soatov, E. Mardonov va A. Toʻxtayevlarning hammuallifligida tayyorlangan “Angor tumani tarixi” nomli kitob nashrdan chiqdi. Mazkur asarda Surxondaryo viloyatining qadimiy tumanlaridan biri bo‘lgan Angor tumanining uzoq o‘tmishi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, madaniyati, mehnatkash aholisi va ularning tarixiy merosi batafsil yoritib berilgan.

Kitobda tumanning shakllanish jarayoni, tarixiy obidalar, mashhur shaxslar, mahalliy an’analar hamda mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar haqida keng ma’lumotlar jamlangan. Mualliflar ilmiy manbalar, arxiv hujjatlari hamda mahalliy aholining og‘zaki tarixiy rivoyatlariga tayanib, boy mazmunga ega asar yaratishga muvaffaq bo‘lganlar.

“Angor tumani tarixi” kitobi tarixshunoslar, o‘qituvchilar, talabalar, shuningdek, o‘z ona yurti tarixiga qiziqadigan keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan muhim manba hisoblanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Qogʻozsiz bir kun”

Oʻzbekistonda davlat idoralarida qogʻoz sarfini keskin kamaytirish va ish...

Ochiq mavsum va keng imkoniyatlar

Turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi. Xalqaro bozordagi...

Muhim qaror

Sariosiyolik Abdurashid Xaliqov o‘z hayoti davomida halol mehnati bilan...

Navro‘z – hamjihatlik timsoli

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Bandixon tumanida keng ko‘lamli...
KunTun
KunTun