Harbiy qismda radioblok faoliyati yoʻlga qoʻyildi

Date:

Bugungi kunda Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarda harbiy xizmatchilarning yuqori ma’naviy fazilatlarini shakllantirish, xalqimizning boy madaniy, tarixiy va umuminsoniy an’ana va qadriyatlarga hurmat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash hamda harbiy burchni munosib ado etishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, qoʻshinlarda shaxsiy tarkibning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi, siyosiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, buyuk ajdodlarimizning boy tarixiy-madaniy merosini chuqur oʻrganish hamda boʻlinmalarda yuqori harbiy intizomni saqlashga qaratilgan ishlarda yangi usul va uslublarni yoʻlga qoʻyish maqsadida harbiy qism va muassasalarda “Vatan ruhi” nomli radiotarmoq faoliyatini yoʻlga qoʻyish belgilangan edi.
Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismda mazkur nomdagi radioblog faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Radiotarmoqning namunaviy ish grafigiga asosan harbiy qism va muassasalarda xizmat burchini bajarayotgan harbiy xizmatchilarga audio kitoblar, milliy va vatanparvarlik ruhidagi kuy-qoʻshiqlar, huquqiy savodxonlik dasturlari boʻyicha ma’lumotlarni kunlik yetkazib berish yoʻlga qoʻyildi.

Mazkur radioblog faoliyatini uzluksiz olib borish maqsadida har oy safarbarlik chaqiruvi rezervidagi askarlardan bir nafar radio boshlovchi saralab olinib, unga kunlik dasturiy eshittirishlar belgilab berilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun