Respublika bosqichida…

Date:

“Yosh kitobxon oila” tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi… Savollar, asardan o‘qilgan parcha… savollarga javob berish, o‘qilgan epizod qaysi asardan olinganini topish uchun tavsiya etilgan asarlarni o‘qish, o‘qiganda ham qunt bilan, e’tibor bilan o‘qish, uqish, anglash lozim. Ana shundagina bilimlar, taassurotlar kitobxon ishtirokchini to‘xtata olmaydi. Aks holda mum tishlab izza bo‘lishi aniq.

Bu galgi kitobxonlik tanlovi ham dunyoqarashi keng, fikrlashi teran oilalarni kashf eta oldi. Ishtirokchilarning ko‘ngil ko‘zi ochiq, bilimli ekanini, ularning ishtiroki, savollarga zukkolik bilan javob berishlari isbotlab berdi.

Tan olish kerak, g‘olib bitta bo‘ladi. “Yosh kitobxon oila” tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichida shahar va tumanlardan ishtirok etgan mahalliy bosqich g‘olib oilalari ishtirok etdi. Termiz shahridagi Yulduz mahallasida yashovchi Xidirovlar oilasi (Xidirov Muhiddin va O‘sarova Muborak) 1-o’ringa loyiq topilib, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Hilola Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...

Turon Turkistondan qadimiyroq

Turon va uning hududi haqidagi taxminlar juda ko‘p. Biroq...

Kelajak — bizning qo‘limizda

Bugun yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar...

Taraqqiyot —  ongda,  shukrda, mas’uliyatda…

Bugun vohamizda, xususan Termiz tumanida bo‘layotgan o‘zgarishlar oddiy hodisa...
KunTun
KunTun