Yoshlarning orzusi amalga oshdi…

Date:

Mamlakatimizda yoshlarni sportga jalb etish borasida barcha qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda. Jumladan, maktablarda va OTMlarda zamonaviy sport maydonchalari tashkil etilmoqda.

Yangi sport zallari stadionlar suzish xavzalari kabi koʻpgina sport majmualari faoliyat ko’rsatmoqda. Bundan tashqari mahallalarda yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, sportga keng jalb etish hamda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish maqsadida mahallalarda mini-futbol maydonchalari va ochiq sport maydonchalari tashkil etilmoqda. Xususan, Jarqo‘rg‘on tumani Qo‘shtepa mahallasida uzoq yillar mobaynida foydalanilmay yotgan binolardan tadbirkorlar tashabbusi bilan yoshlar uchun mini futbol maydonchasi tashkil etilib foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimi tantanavor ruhda o‘tkazilib, yoshlarda cheksiz quvonch va hayajon uyg‘otdi. Bu ezgu tashabbus nafaqat mahalla uchun katta tuhfa bo‘ldi, balki yurtboshimizning xalq farovonligi, yoshlar salomatligi va sportni rivojlantirishga qaratilgan g‘oyalarining amalda ro‘yobga chiqayotganining yaqqol dalilidir. Shuningdek, mahalla yoshlari va aholisi sport bilan muntazam shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish imkoniga ega bo‘ldilar.

Qo‘shtepada barpo etilgan yangi sport maydonidan aholi va yoshlar uchun ko‘tarinki kayfiyat, xursandchilik baxsh etib, qoʻshaloq bayramga aylandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yosh olimlar qoʻllab-quvvatlovda

Prezident farmoniga ko‘ra, ilmiy daraja olish tizimi yanada soddalashtiriladi...

“Afrosiyob”da xavfsiz muhit yaratildi

Sariosiyo tumanidagi "Afrosiyob" mahallasida yangi zamonaviy mahalla binosi foydalanishga...

Xalqaro hamkorlik yangi bosqichda

Termiz shahri va Belarusning Polosk shahri o‘rtasida hamkorlikni yanada...

Bandixonda erkin iqtisodiy zona barpo etiladi

Bandixon tumanida barpo etilayotgan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasining filiali...
KunTun
KunTun