KITOB

Date:

 U kitobdan turfa-tuman usullarda foydalandi. Unga doir ilk xotirasi — bolaligida, sovuq tongda, onasi bilan ovqat tayyorlayotgan paytda tandirga olov yoqardi. Kitobning barakali sahifalari tutantiriq sifatida yengil yonadi. Shu paytdan boshlab kitob uning hayotida qog‘ozdan boshqa narsa emasdek namoyon bo‘ldi.

Oradan yillar o‘tdi. Bozorda pista sotardi. Kitoblarni parcha-parcha qilib, ulardan mahsulotlarni o‘rab, mijozlarga tutqazardi. Ba’zida jazavaga tushardi. Pashshalar asabiga tegar, asablari chigal bo‘lib ketardi. Kitob bilan pashshalarni urardi. Kitob yana bir qurol, yana bir “asbob” edi — lekin hech qachon bilim quroli emas.

O‘g‘illari unga mehribonlik bilan:
— Dada, bizga samolyot qilib bering! — derdi.
U kitob sahifalarini katta hunarmandlik bilan buklab, qog‘oz samolyotlar yasardi. Bolalar xursand, u esa kitobning yana bir “foydasi”dan mamnun.

U kitobni juda ko‘p ishlatdi — o‘ziga kerak bo‘lgan hamma yo‘llarda. Ammo biror marta ham uni o‘qib ko‘rmadi.

Har bir sahifa — bir hayot, bir fikr, bir xazina edi. Ammo u bunday qaramagan. Kitob — uning uchun faqat qog‘oz bo‘lib qoldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo rivojida ilmiy yondashuv va samarali boshqaruvga e’tibor kuchaytiriladi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib...

Har bir tomchi suv — hosil va samaradorlik garovi

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va...

Bayramga munosib tuhfa

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Navro‘z mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari keng...

Tantanalar etadi davom

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Uzun...
KunTun
KunTun