Yozda “tonirovka” arzonlashtiriladi

Date:

Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi may va yoz oylarida arzonlashtirilgan narxda “tonirovka” uchun ruxsatnoma berilishini koʻzda tutuvchi qonun loyihasini jamoatchilik uchun eʻlon qildi.  Unga koʻra, M1 toifaga oid avtotransport vositalarining (yengil avtomobillar) orqa va old yon oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish) uchun har yili 1-maydan – 31-avgustgacha beriladigan ruxsatnomalar joriy qilish tartibi yoʻlga qoʻyiladi.

Ruxsatnoma narxi jismoniy va yuridik shaxslar uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorini (412 ming soʻm), Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun esa bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari (2 mln 60 ming soʻm) miqdorini tashkil etadi.

 Bunda, qisqa muddatli ruxsatnoma uchun toʻlov ruxsatnoma rasmiylashtirilgan sanadan qatʻiy nazar, toʻliq hajmda amalga oshiriladi.  Loyiha muhokamasi 22-avgustgacha davom etadi. Hozirda yengil avtomobillarni orqa yon oynalarini qoraytirish bepul, old yon oynalari tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma esa BHMning 8 baravari (3 mln 296 ming soʻm) miqdorida.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sport — yangi milliy yondashuv

Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholining sog‘lom turmush...

Ish tashlash — endi qonuniy vosita

Zamonaviy mehnat munosabatlarida xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi muvozanatni...

Sahnada porlagan iste’dod

San’at — yoshlarning ichki dunyosini namoyon etuvchi, iste’dod va...

“Yangi shahar”da yangi stadion

Hududlarda zamonaviy sport maskanlarini barpo etish — yoshlar salohiyatini...
KunTun
KunTun