“Dolzarb qirq kunlik”

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 1-avgustdagi 279-sonli buyrug‘i asosida oliy ta’lim muassasalari talabalarini turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni bajarish maqsadida 2025-yil 1-avgustdan 10-sentyabrga qadar “Dolzarb qirq kunlik” etib belgilandi. Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz davlat universitetida talabalarni turar joylarga joylashtirish uchun yordam ko‘rsatish markazlari (infokiosklar) tashkil etildi va o‘z faoliyatini boshladi.

Infokiosklar orqali talabalarga turar joylarga joylashish bilan bog‘liq barcha masalalar yuzasidan tushuntirishlar, maslahatlar va amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. Markazda kelib tushayotgan barcha savollarga tezkor javob berilib, talabalarga kerakli ko‘maklar taqdim etilmoqda. Ayni kunga qadar universitetda onlayn shaklda jami 577 ta ariza qabul qilindi. Arizalar elektron tarzda ro‘yxatga olinib, tizim orqali tahlil qilinayotgan bo‘lib, talabalarning ijtimoiy holati, masofaviylik darajasi va boshqa mezonlar asosida turar joylarga joylashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Termiz davlat universiteti rahbariyati tomonidan “Dolzarb qirq kunlik” doirasidagi barcha vazifalarni samarali va shaffof tashkil etish, har bir talabaning turar joyga bo‘lgan ehtiyojini inobatga olish hamda salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun