BIRDAMLIK FESTIVALI O‘TKAZILDI

Date:

Ezgu intilishlarga qanot bag‘ishlovchi ham, inson manfaatlari yo‘lidagi islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlovchi qudratli kuch – mustaqillikdir. Bandixon tumanidagi Madaniyat uyida Jonajon Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida “Umumilliy birdamlik festivali” o‘tkazildi.

Tadbir avvalida “Bo‘sh ish o‘rinlar mehnat yarmarkasi”, sport musobaqalari, milliy taomimiz osh sayli tashkil etilib, Barkamol avlod bolalar maktabi tomonidan qo‘l mehnati bilan tayyorlangan hunarmandchilik buyumlari namoyish etildi.  Unda O‘zbekiston xalq artisti Mansur Toshmatov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hamid Toshpulatov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Zulfiya Mo‘minova hamda xonanda Sevara Tulakovalar ishtirok etib, ular tomonidan vatan madhini kuylovchi qo‘shiq va she’rlar ijro etildi.

Tadbir ishtirokchilarga yuqori kayfiyat va energiya bag‘ishladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun