“Maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyili asosida

Date:

 “Maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. 2025–2026-o‘quv yilidan tegishli ta’lim dasturlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulot va laboratoriya ishlarining kamida 25 foizi xorijiy professor, xalqaro sertifikatga ega professional mutaxassislar tomonidan o‘tkaziladi.

 2025-yil 1-sentyabrdan tajriba-sinov tariqasida “maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Bunda Toshkent shahri Yunusobod tumani 250- va 273-sonli umumta’lim maktablari universitetga biriktiriladi va universitet:

 – har oyda 1 marotaba 7–9-sinf o‘quvchilarini ularning qiziqishlari doirasida belgilangan sohalarga oid mavzularni universitet laboratoriyalarida darsdan tashqari mashg‘ulot sifatida o‘qitadi;

– o‘quvchilarning universitet laboratoriyalariga xavfsiz borib kelishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, “Universitet – laboratoriya – korxona – vazirlik” ekotizimi joriy etiladi.

Qarorga ko‘ra, yil 1-sentyabrdan “Universitet – laboratoriya – korxona – vazirlik” ekotizimi joriy etiladi. Ekotizim doirasida har yili:

– hamkorlik qilayotgan qurilish sanoati korxonalaridan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha buyurtmalar qabul qilinadi;

– talabalar, magistrantlar, ilmiy izlanuvchilar o‘rtasida “Eng yaxshi 20 ta g‘oya” tanlovi e’lon qilinib, saralab olinadi;

– g‘olib loyihalar bo‘yicha laboratoriyalarda tadqiqotlar o‘tkazilishi ta’minlanadi.

– Shuningdek, Savdo-sanoat palatasi amaliyotga joriy etilgan ilmiy tadqiqotlar mualliflarini BHMning 35 baravari miqdorida moliyaviy rag‘batlantiradi.  2025-yil 1-sentyabrdan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining arxitektura va qurilish yo‘nalishidagi barcha laboratoriyalari faoliyati universitet tomonidan “UniLab” platformasi orqali muvofiqlashtirib boriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Yashil daromad” sari…

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Inson qadri — ustuvor

Bandixon tumanida inson qadrini ulug‘lash, aholi muammolarini joyida hal...

Bekatlarning SOS tugmasi bo‘ladi

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini zamonaviy va qulay qilish...

Qarzdorlik 1 milliondan oshsa…

Prezidentning 2025-yil noyabr qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslarning yer va...
KunTun
KunTun