Pensiya miqdorini oldindan aniqlash mumkinmi?

Date:

Yangi qabul qilingan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi hamda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan yangi xizmatlarni joriy etishga qaratilgan prezident farmoniga ko‘ra, 2027-yildan ushbu idoralarning tuman va shahar bo‘limlari faoliyati tugatilib, 1−3 shtat birligidan iborat ixcham xizmat ko‘rsatish ofislari tashkil etiladi. Ularga har bir tuman va shaharlardagi biznes jarayonlari va funksiyalar qamrab olinadi.

2026-yilning 1-iyulidan g‘aznachilik tizimidagi jarayonlarni avtomatlashtirish hisobiga Raqamli g‘azna tizimi joriy etiladi.

biznes-intellekt (Business intelligence) texnologiyalari orqali ma’lumotlarni tahlil qilish, likvidlilikni ta’minlashda qisqa va uzoq muddatli prognozlarni ishlab chiqish hamda SI texnologiyalari asosida g‘aznachilik operatsiyalarini amalga oshirishda inson omilini kamaytirish;

chet el valyutasidagi operatsiyalarni raqamlashtirgan holda amalga oshirish uchun Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimini Butunjahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyati (SWIFT) tizimiga integratsiya qilish;

davlat xaridlari va to‘lov operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qonunchilik buzilishi bilan bog‘liq moliyaviy xavflarni “E-risk” dasturiy majmuasida avtomatik aniqlash va ular asosida ogohlantirish hamda xabardor qilish mexanizmini joriy qilish kabilar maqsad ko‘zda tutilgan.

2026-yilning 1-dekabridan “Mening pensiyam” onlayn xizmati joriy etiladi. U orqali fuqarolar o‘z pensiya miqdorini ish staji va ish haqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlari asosida oldindan aniqlashlari mumkin bo‘ladi. Pensiya ta’minotiga oid barcha xizmatlar to‘liq proaktiv, elektron hamda interaktiv shaklga o‘tkaziladi. Pensiyalarni to‘lashda elektron imzo va biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) tizimi yo‘lga qo‘yilib, Call-markaz’ga esa sun’iy intellektni joriy etiladi. G‘aznachilik qo‘mitasi va Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘limlaridagi ayrim vazifalarni boshqarmalarga o‘tkazish orqali boshqaruv shtat birliklari soni 1 080 taga maqbullashtiriladi. Uning yarmidan ko‘pi qo‘mitaning tuman va shahar bo‘limlaridagi shtatlarga to‘g‘ri keladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tonglarimizga soya tuşmasin

Tongda bolalarning beğubor kulgisi yangraşi, onalarning farzandini maktabga kuzatişi,...

Har rangingda mujassam Vatan

Davlat bayroği — mamlakatning dunyoga körinadigan qiyofasi, xalqning esa...

Uzum qandil pişibdi

Ustozim Abdulhamid Qorayev sözlab bergan uşbu hikoyani sizlarga ham...

Yaxşilikning manzili qayda?

Jamoat transporti bölgan avtobus jamiyat a’zolarini fikrlarini örganişga, tahlil...
KunTun
KunTun